O‘zbekiston Rossiyaga Gulnora Karimova ishi bo‘yicha so‘rovnoma yubordi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishGeneralnaya prokuratura RF
Generalnaya prokuratura RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Bosh prokuraturasi O‘zbekistondan Gulnora Karimovaga tegishli ko‘chmas mulkka doir so‘rovnoma olganini xabar qildi.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiya Bosh prokuraturasi O‘zbekiston prokuraturasidan Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni hibsga olish haqida so‘rovnoma oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Rossiya Bosh prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasidan Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish haqida so‘rovnoma keldi. Undako‘chmas mulk obyektlarini hibsga olish so‘ralgan. Ayni  damda so‘rovnoma ko‘rib chiqilmoqda. So‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar maxfiy”, — deyilgan Rossiya Bosh prokuraturasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova katta miqdorda davlat va boshqa shaxslar mulkini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. O‘zbekiston prokuraturasi xodimlari Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Rossiya, Latviya va Gonkongda Karimovaga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk borligini aniqlagan. Undan tashqari chet el banklarida saqlanayotgan bir necha million yevro mablag‘ ham aniqlangan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi yuqoridagi mamlakatlarga aniqlangan mulkni O‘zbekiston davlati foydasiga musodara qilish haqida so‘rovlar yuborgan.

Yangiliklar lentasi
0