O‘zbekistonning ikki shahri o‘zaro musobaqa o‘ynaydi

Obuna bo‘lish
Musobaqa shartlari uy-joy kommunal xo‘jaligi faoliyatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilma, tibbiyot muassasalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, o‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichlarini oshirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘ladi

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga uyushtirgan tashrifi davomida shahar faollari va rahbarlariga aholi uchun qulay turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha Olmaliq shahri bilan musobaqalashishni taklif etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miriziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Bekoboddagi yangi dahani "Mustaqillikning 27-yilligi" deb nomlashni taklif etdi
Musobaqa shartlari uy-joy kommunal xo‘jaligi faoliyatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilma, tibbiyot muassasalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, o‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichlarini oshirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘ladi.

"Davlatimiz rahbarining ushbu tashabbusi asosida shaharlarning o‘zaro musobaqalashuvi odamlar hayoti uchun munosib sharoitlar yaratishga xizmat qiladi", — de ta’kidlangan xabarda.

Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri va Bekobod tumanida bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan to‘liq qamrab olish, bu tajribani mamlakatning boshqa hududlariga tatbiq etish lozimligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0