TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Mirziyoyev taklifi bilan Bekobodda yangi dahaga "Mustaqillikning 27-yilligi" deb nom berildi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Hukumat portali saytida.
Xabarga ko‘ra, yangi dahada ko‘p qavatli uylar quriladi.
Uylar O‘zbekiston metallurgiya kombinati va sement zavodi ishchilari uchun tijorat banklarining mablag‘lari hisobiga bunyod etiladi. Har yili o‘rtacha 1200 xonadon foydalanishga topshiriladi. Dahadagi birinchi uylarni bir yildan so‘ng, Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, Bekobod shahrida 5 mingta "Ariston" suv isitgichlari o‘rnatilishi xabar qilinmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Bekobod shahri faollari bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
Isitgichlar kreditlar asosida xarid qilinadi va turay-joylarda o‘rnatiladi.