Oliy sud o‘z binosi norozi fuqarolar hujumiga uchragani haqidagi xabarni rad etdi

© OZAN KOSE / AFPStatuya femidi na fone skopleniya lyudey
Statuya femidi na fone skopleniya lyudey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim xorijiy internet OAVlari odamlar Oliy sud binosini ishg‘ol qilishayotgani haqida xabar tarqatgandi

TOShKENT, 19-avgust — Sputnik. Oliy sud o‘z binosi norozi fuqarolar hujumiga uchragani haqidagi xabarni rad etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ilgariroq ayrim xorijiy internet OAVlari odamlar Oliy sud binosini ishg‘ol qilishayotgani haqida xabar tarqatgandi.

Zasedanie plenumov Verxovnogo suda i Visshego xozaystvennogo suda Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Oliy sudi raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi

"Haqiqiy vaziyatni buzib ko‘rsatgan qator nashrlar mualliflari o‘quvchilarga "g‘azablangan fuqarolarning baqir-chaqirlari", "zichlab yopib qo‘yilgan darvozaning buzib tashlanishi", "sindirilgan qulf", "300-400 nafar kishi" va boshqalar haqida xabar tarqatishgan. Afsuski, internetda berilgan bu xabarni tekshirib ko‘rish o‘rniga mazkur veb saytlar xulosa va fikr chiqarishga shoshilishgan va bu bilan bo‘lib o‘tgan voqeani yanada bo‘rttirib ko‘rsatishgan", — deyiladi sud xabarida.

Sud idorasining ma’lumot berishicha, 15-avgust kuni soat 9:30dan 21:00ga qadar Oliy sud raisi Komilov tomonidan 100dan ortiq kishi fuqarolik, jinoyat, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha qabul qilingan. Bundan tashqari, xuddi shu kuni 27 kishidan ariza va shikoyatlar qabul qilingan hamda turli masalalar bo‘yicha 72 kishi og‘zaki murojaat qilgan.

"Fuqarolarni qabul qilish vaqtida Oliy sud binosi darvozasi oldida navbat kutayotgan bir necha kishi militsioner va sud xodimlari e’tiborini chalg‘itib darvoza zulfinini ochishgan hamda navbatsiz kirish maqsadida sud binosi ichiga kirishgan. Ular bino foyesiga kirishganida qabul tartibi haqida tushuntirish olishgan, ularning bir qismi o‘zlarining roziliklari bilan Oliy sud raisi o‘rinbosari va sudyalari tomonidan, qolgan qismi esa rais tomonidan qabul qilingan", — deyiladi xabarda.

Sud matbuot xizmatining bildirishicha, ertasiga, 16-avgust kuni soat 9:30dan 17:30ga qadar Oliy sud raisi tomonidan 60dan ortiq fuqaro qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0