TOShKENT, 19-avgust — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, davlatlar o‘zaro hamkorlikning huquqiy asosini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
17-18 avgust kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Minsk shahrida bo‘ldi va ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini inventarizatsiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha navbatdagi O‘zbekiston-Belarus vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasida imzolangan xalqaro shartnomalarning yagona tartibini kelishib olishdi.