TOShKENT, 19-avgust — Sputnik. Shu yilning 21-23-avgust kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, tashrif dasturidan tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj hamda Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.