Toshkent viloyati prokuraturasi rasmiy veb-sayti ishga tushirildi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati prokuraturasining veb-saytida arizalarni virtual qabulxona orqali onlayn tarzda yo‘llash, huquqiy maslahat olish, inoyat sodir etganlikda ayblanuvchi shaxslar qidiruvi bilan bog‘liq dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati mavjud

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy veb-sayti (www.tvp.uz) ishga tushirildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev militsiya faoliyati ustidan prokuror nazoratini o‘rnatdi

Foydalanuvchilar sayt orqali Toshkent viloyati prokuraturasiga ariza, shikoyat va takliflarni virtual qabulxona orqali onlayn tarzda yo‘llashlari, huquqiy maslahat olishlari, viloyat prokuraturasi organlari faoliyati va uning amaldagi natijalari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek jamiyatda qonuniylik va huquq tartibotni ta’minlash sohasidagi tadbir va yangiliklardan xabardor bo‘lishlari mumkin.
Fuqarolar bundan tashqari, ijtimoiy so‘rovlarda qatnashib, mintaqadagi korrupsiya holati va davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash, qonunlar va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, shu jumladan mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni yo‘llash hamda viloyatdagi idora va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari, bedarak yo‘qolganlar va jinoyat sodir etganlikda ayblanuvchi shaxslar qidiruvi bilan bog‘liq dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Yangiliklar lentasi
0