TIV Ispaniyadagi teraktlarda o‘zbekistonliklar jarohatlanmaganini ma’lum qildi

© Sputnik / Xavyer Luengo / Mediabankka o‘tishSituatsiya na meste terakta v Barselone
Situatsiya na meste terakta v Barselone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlikning bildirishicha, elchixona Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi

TOShKENT, 18-avgust — Sputnik. 17-avgust kuni Kataloniyada (Ispaniya) yuz bergan teraktlar oqibatida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda O‘zbekistonning Madrid shahridagi elchixonasi ma’lumotiga tayanib O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Situatsiya na meste terakta v Barselone - Sputnik O‘zbekiston
Ispaniyaning ikki shahrida teraktlar sodir etildi

Vazirlikning bildirishicha, elchixona Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz,payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Ispaniyaning ikki shahrida terrorchilik harakatlari sodir etildi. Avvaliga Barselonada furgon odamlar ustiga bostirib bordi, so‘ngra Kambrils shahrida noma’lum kishilar yo‘lovchilarga hujum uyushtirishdi.

Teraktlar oqibatida jami 13 kishi halok bo‘ldi, yuzdan ortiq kishi jarohatlandi.

Yangiliklar lentasi
0