Akademik litseylarga o‘qituvchilar test topshirib, suhbat orqali ishga olinadi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishUchitel v klasse
Uchitel v klasse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nomzodga 40 ta test savoli beriladi va 2 soat vaqt ajratiladi

TOShKENT, 18-avgust — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori bilan Akademik litseylarga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, ushbu Nizom idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi.

Litseylarning o‘qituvchi lavozimiga o‘tkaziladigan tanlovda oliy ma’lumotli va kamida 5-yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etadi. Litseylarga soatbay haq to‘lash shartlarida jalb etiladigan o‘qituvchilar tanlovda ishtirok etmagan holda rasmiylashtiriladi.

Prazdnik Posledniy zvonok v shkolax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda atigi 67 ta akademik litsey qoladi

Litseylarda o‘qituvchi lavozimi bo‘shagan kundan boshlab 10 kun ichida bo‘sh o‘qituvchi lavozimiga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida OAVda, shuningdek, litseyning saytida (agar mavjud bo‘lsa) e’lon beriladi.

Nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish OAVda e’lon berilgan kundan boshlab 20 kun davom etadi.

Hujjat topshirgan nomzodlarning soni 1 nafardan oshmasa, tanlov o‘tkazilmaydi va litsey tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonni qaytadan beradi.

Tanlov 2 bosqichda – test va suhbat shaklida o‘tkaziladi.

Nomzodga 40 ta test savoli beriladi va 2 soat vaqt ajratiladi. Test natijalari u o‘tkazilgan kunda nomzodlarga e’lon qilinadi. 55 balldan yuqori ball to‘plagan nomzodlar testdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va ular tanlovning keyingi bosqichiga qo‘yiladi.

Suhbat bo‘sh o‘qituvchi lavozimining mutaxassisligi va pedagogika bo‘yicha savol-javob shaklida o‘tkaziladi. Savollar biletida 5 ta savol bo‘lib, tayyorlanish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Suhbat natijalari u yakunlangandan so‘ng nomzodlarga e’lon qilinadi. O‘rtacha arifmetik balli "60" balldan kam bo‘lgan nomzod suhbatdan o‘tmagan hisoblanadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar litseyning o‘qituvchisi lavozimiga tavsiya etiladi.

Yangiliklar lentasi
0