Shavkat Mirziyoyevning Bekobod shahriga tashrifi boshlandi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Bekobod shahridagi "O‘zbekiston metallurgiya kombinati" AJda korxonada amalga oshiriladigan yangi yirik loyihalar bilan tanishmoqda

TOShKENT, 18-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Bekobod shahriga tashrifini "O‘zbekiston metallurgiya kombinati" AJ faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Xabarda bildirilishicha, korxonada yangi yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, prezident mazkur loyihalar bilan tanishmoqda.

Mazkur kombinat O‘zbekistondagi eng yirik ishlab chiqarish obyektlaridan biri hisoblanadi. 1944-yilda tashkil etilgan korxonada qora metall parchalari va chiqindilar qayta ishlanadi, tayyor prokat mahsulotlari, sirlangan idishlar va boshqa xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0