TOShKENT, 18-avgust — Sputnik. Keyingi 27-yil davomida ilk marta Kislovodskdagi "O‘zbekiston" sanatoriyasini ta’mirlash, zamonaviy balneologiya (mineral suv) bo‘limi qurish va barcha tibbiy jihozlarni yangilash uchun mablag‘ ajratildi, deb xabar berdi Kislovodsk axborot portali.
Kurort-shahar rahbari Aleksandr Kurbatov va sanatoriya direktori Saidaziz A’zamxo‘jayev sanatoriyada olib borilayotgan keng miqyosdagi ishlar bilan tanishishdi.
Shahar ma’muriyatining xabar qilishicha, Aleksandr Kurbatovning bahor oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida kurort-shahar va O‘zbekiston o‘rtasida aloqalar, xususan, savdo-iqtisodiy va turistik aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bayonnoma imzolangan.
Yaqinda Stavropol o‘lkasidagi 26 sanatoriya Rossiyaning eng yaxshi yuz sanatoriyasi ro‘yxatidan joy olgandi. O‘lkada jami 134ta sanatoriya faoliyat ko‘rsatadi.