TOShKENT, 18-avgust — Sputnik.Nijniy Novgoroddagi Kanavinsk tumanidagi bozorda Markaziy osiyoliklar va ozarboyjonliklar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti mahalliy OAVga tayanib.
Xabarlarga qaraganda, ommaviy mushtlashuvda 200dan ortiq migrant qatnashgan. Ularning ko‘pchiligi pichoq zarbasidan jarohatlangan.
Huquq tartibot organlari xodimlari bozorga yetib kelishganida to‘qnashuv yakunlanib, ishtirokchilar qochib ketishgan bo‘lgan.
Hozirda IIB xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.