"Salomatlik" poyezdi vodiy aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda

© Minzdrav Uzbekistana"Salomatlik" poyezdi
Salomatlik poyezdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Salomatlik" poyezdlari faoliyatining asosiy maqsadi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni viloyat aholisiga yanada yaqinlashtirish, eng chekka tumanlarda yashovchi fuqarolar ham yuqori texnologik tibbiy yordamdan bahramand bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari o‘tkazishdir

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. "Salomatlik" poyezdi vodiy aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda, deb xabar qildi Sog‘liqni Saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

14 avgustdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholini malakali mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish maqsadida tashkil etilmoqda.

Meditsinskiy rabotnik delayet ukol - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati virusli gepatitga qarshi kurashishga 40 mln dollar ajratdi
Eslatib o‘tamiz, 6-iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish vazifalariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuvda hududlarda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun "Salomatlik" poyezdlarini tashkil etish vazifasini qo‘ygan edi.

Shu vaqtgacha "Salomatlik" poyezdlari O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining eng olis hududlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazgan edi. Vazirlik axborotiga ko‘ra, haftalik davomida 17 ming nafarga yaqin fuqaro, jumladan, 12389 nafar katta yoshdagi va 4 ming nafardan ziyod yosh bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Tibbiy ko‘riklar natijasida 13 ming nafarga yaqin fuqarolar ambulator sharoitida sog‘lomlashtirilib, 2 mingdan ziyodi viloyat va tuman shifoxonalarida va to‘rt yuz nafarga yaqini esa respublika tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida davolanishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatilgan.

"Salomatlik" poyezdlari faoliyatining asosiy maqsadi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni viloyat aholisiga yanada yaqinlashtirish, eng chekka tumanlarda yashovchi fuqarolar ham yuqori texnologik tibbiy yordamdan bahramand bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari o‘tkazishdir.

Yangiliklar lentasi
0