TOShKENT, 17-avgust — Sputnik. Bugun Toshkentda poytaxt IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining inspektorlar otradi sinov maqsadida ko‘chaga chiqdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu iyulning iyul oyida maxsus otrad tuzish haqidagi qarorga imzo chekkan edi. Prezident Ichki ishlar vazirligiga Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlarida patrul-yo‘l xizmati faoliyatini motosikllarda olib boruvchi otradlar tashkil etishni topshirgandi. Agarda motootradlar o‘zini oqlasa, bu tajriba respublikaning boshqa viloyatlarida ham joriy etiladi.
"Bugun motosiklchi-inspektorlar otradining ilk sinov yurishi o‘tkazildi. Bu hozircha tajriba. Motosiklchilar dastlabki vaqtda markaziy ko‘cha va chorrahalardagi harakatni nazorat qilishlari rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqich oktabor boshiga qadar davom etadi, shundan so‘ng haydovchilar va motosiklli otradlarning imkoniyatlari aniq bo‘ladi. Inspektorlar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha kerakli ashyolar bilan ta’minlangan. Ular maxsus ratsiyalar orqali markaziy punkt bilan bog‘lanishgan", — dedi ShIIB vakili.
Yangi otrad shuningdek, hukumat va boshqa delegatsiyalarni kutib olish va kuzatib borishda ham xizmat ko‘rsatadi. Otrad Honda rusumli motosikllar bilan ta’minlangan.