Mirziyoyev Qozog‘iston mudofaa vazirini qabul qildi

Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari ham muhokama etildi

TOShKENT, 17-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston mudofaa vaziri Saken Jasuzakovni qabul qildi. Bu haqda Uzbekistan24.uz xabar qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston rahbari ikki mamlakat o‘rtasida turli darajadagi aloqalar va o‘zaro manfaatli hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston Mudofaa vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Suhbat chog‘ida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari ham muhokama etildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston Mudofaa vazirliklari o‘rtasida amaliy hamkorlik o‘rnatish, jumladan, harbiy ta’lim sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.

Qozog‘iston milliy mudofaa vaziri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Saken Jasuzakov O‘zbekistonda Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi va Qozog‘iston tomoni ikki davlat o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0