TOShKENT, 17-avgust — Sputnik. U Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida migrantlar boshqa davlat hududida qonuniy asosda yurishdan manfaatdor ekanliklarini aytdi. Biroq hujjatlarni rasmiylashtirishdagi baland narxlar hamda migrantlarni pora berishga majbur qiladigan ayrim vijdonsiz amaldor va huquq tartibot organlari xodimlari Rossiyadagi xorijlik ishchilarni soyaga kirishga majbur qilmoqda.
"2014 yilda Moskvada 800 mingta patent rasmiylashtirilgan. Patent tizimi (imtihonli va baland narxli) joriy etilgach, poytaxtda yiliga 400 mingta patent rasmiylashtirila boshlandi. Biroq statistika ma’lumotlariga ko‘ra, migrantlar soni kamaymayapti. Xulosa shunday: hech bir hujjat –patent ham, registratsiya ham migrant uchun ishonchli huquqiy himoya emas", — dedi ekspert.