TOShKENT, 15-avgust — Sputnik. Novosibirsk viloyatidagi Sladkoe ko‘li Qozog‘istonga berildi, deb xabar qildi Kupinsk tumani ma’muriyati portali.
"Bu ko‘lda baliq yo‘q, shunchaki tabiatni bezab turibdi. Tumanimizda Gorkoe ko‘li bor – u foydali. Sladkoe ko‘li esa yarim ko‘l, yarim botqoq, mutlaqo befoyda", — dedi Kupinsk tumani ma’muriyati rahbari Vladimir Shubnikov.
Ko‘l Kupino tumani markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan.