Bugun imtihon javoblari e’lon qilindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishImtihon
Imtihon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"2017 yilning 1-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlarining natijalarini hisoblash ishlari yakuniga yetdi

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Abituriyentlar 2017-yil 15-avgust kuni soat 8.00 dan test sinovida to‘plagan ballarini qabul komissiyalarining e’lonlar taxtalarida joylashtirilgan test sinovi natijalari qaydnomalaridan bilib olishlari mumkin, deb xabar qildi Davlat test markazi matbuot-xizmati.

Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlari ingliz tilida o‘qitiladi
"2017 yilning 1-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlarining natijalarini hisoblash ishlari yakuniga yetdi.

Natijalar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga ko‘ra respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari vakillariga belgilangan tartibda yetkazildi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali ham e’lon qilinadi", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, test sinovi natijasini mobil telefoni orqali bilib olish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun mobil telefonlari orqali javoblar varaqangiz raqamini 5100 raqamiga SMS ko‘rinishida jo‘natib, to‘plagan umumiy ballarni, talabalikka tavsiya etilganlik yoki tavsiya etilmaganlikni ham bilib olish mumkin.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zMU sirtqi ta’lim bo‘limga qabul e’lon qildi
Ayni vaqtda aynan shu xizmat orqali abituriyentlarning aksariyati o‘zlarining endilikdagi huquqiy maqomlarini bilib olishgan va omad kulib boqqanlar ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon "Men talaba bo‘ldim" degan postlarni e’lon qilishgan.

DTM test sinovi natijasini Davlat test markazining rasmiy veb sayti orqali bilish xizmati ham yo‘lga qo‘yganligini e’lon qilgan. Axborot xizmatning ma’lum qilishicha, buning uchun Test natijalari bo‘limiga kirib "OLIY TAЪLIM MUASSASALARIGA TALABALARNI QABUL QILISh UChUN O‘TKAZILGAN TEST SINOVI NATIJALARI" sahifasining tegishli katakchasiga abituriyent o‘ziga tegishli javoblar varaqasi raqamini kiritishi lozim.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri so‘zlariga ko‘ra, bu bo‘lim ayni vaqtda faoliyat ko‘rsatmayapti. 

Yangiliklar lentasi
0