TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Ma’lumki O‘zbekistonda turli millat vakillari o‘zbek xalqining tashvishu quvonchlariga sherik bo‘lib, urf-odatlari chambarchas bog‘langan holda, yashab kelmoqda.
"O‘zbekiston — umumiy uyimiz" — do‘stlik festivali ana shunday an’analarni saqlab qolish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Mustaqillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyatining bir necha shahar va tumanlarida do‘stlik festivallari bo‘lib o‘tmoqda.
Festivalda rus va yahudiy milliy madaniy markazi vakillarining iste’dodlari xonandalari tomonidan Vatanga muhabbat tarannum etilgan taronalar yangradi. Ayniqsa, tatar milliy madaniy markazi qoshidagi "Kubalyagem" ansambli ijrosidagi chiqishlar yurtdoshlarimizga manzur bo‘ldi. O‘zbekona ohanglar barchani raqsga chorladi.
"O‘zbekiston — umumiy uyimiz" festivali viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar ishtirokida turli hududlarda davom etmoqda.