Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan chegaralarni belgilab olish ishlari jadal ketmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi Qozog‘iston va Qirg‘iziston komissiyalari bilan uchrashdi.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Avgust oyining boshida Namangan va Jizzax shaharlarida O‘zbekiston Chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi vakillari o‘zlarining qirg‘izistonlik va qozog‘istonlik hamkasabalari bilan uchrashishdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agentligi.

Xususan, Namanganda 5-13 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish davlat komissiyalari vakillari Davlat chegarasining ikkala tomon ham hamfikr bo‘lgan qismini belgilash va tasvirlashda davom etishdi. Shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining ayrim bo‘laklarida topografik va geodeziya ishlari o‘tkazildi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra protokol imzolandi.

Avgust oyining 7-11 sanalarida Jizzaxda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qozog‘iston Chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish davlat komissiyalari uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar konstruktiv va do‘stona muhitda muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tegishli Protokol imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0