TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Tojikiston Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2015-yildan buyon Tojikiston hukumati Eron, Qozog‘iston va O‘zbekistondan olgan qarzini qaytarib bergan.
Shunga qaramasdan bugungi kunda respublikaing tashqi qarzi 2 mlrd. 300 mln. dollardan ortiq. Tojikistonning asosiy kreditori Xitoy bo‘lib, respublikaning ushbu mamlakatdan qarzi — 1,217 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlaridan ham bir talay qarzlar bor: Jahon banki – 300 mln $, OTB 227,5 mln $, Islom taraqqiyot banki – 111 mln $, Xalqaro valyuta fondi – 101 mln $.
Tojikiston prezidenti huzuridagi Strategik izlanishlar markazi direktori Mo‘minova Farida aytishiga qaraganda tashqi qarzni boshqarish muammosi yo‘q.
“Men kelajakda tashqi qarz muammosi ortib ketadi deb o‘ylamayman. Bir infraqurilma tizimiga ko‘p pul tikkanmiz va ushbu tizim qarzni qaytarishga yordam berishi kerak. Biz tashqi qarz masalasini budjetni tashkillashtirayotganda hisobga olganmiz. Bizda hali 40%lik “xavfsizlik yostig‘i” ham bor, — dedi Mo‘minova.
Strategik markaz direktori so‘zlariga ko‘ra, bunday tizim tashqi qarzni boshaqarishining muayan uslubidir.