O‘zbekiston milliy axborot agentligi rahbari o‘zgardi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zA rahbari sifatida ishlab kelayotgan Mamatqul Hazratqulov O‘zbekiston Prezidenti Devoni OAV sektoriga ishga o‘tgan

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. O‘zbekiston milliy axborot agentligiga Abdusaid Ko‘chimov rahbar etib tayinlandi. Bu xabarni Sputnik O‘zbekistonga agentlik matbuot xizmati tasdiqladi.

Xabarda aytilishicha, O‘zA rahbari sifatida ishlab kelayotgan Mamatqul Hazratqulov O‘zbekiston Prezidenti Devoni OAV sektoriga ishga o‘tgan.

Abdusaid Ko‘chimov 1951-yil 15-mayda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. U 1972-yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

Turli yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida uyushma raisining o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasida Madaniyat, axborot va turizm bo‘limi mudiri, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari, Prezident Devonida Axborot markazi rahbari, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisi, "Toshkent" teleradiokanali bosh direktori vazifalarida xizmat qilgan.

Yangiliklar lentasi
0