TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. Mustaqillik kuni arafasida Toshkentni obodonlashtirish uchun 200 mln so‘m ajaratildi,- deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bu haqida Toshkent shahar hokimiyatining obodonlashtirish boshqarmasining boshlig‘i o‘rinbosari Saidumar Aglayev xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har yil Mustaqillik bayrami arafasida shahar ko‘cha va xiyobonlari obodonlashtiriladi, gullar va ko‘klamzorlar maydoni kengaytiriladi, daraxtlar oqlanadi.
Aglayev aytishiga qaraganda, o‘tgan yil ushbu xarajatlarga 140 mln. so‘m sarflangan bo‘lsa, bu yil 200 mln. xarajat qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning umumiy maydoni 35 ming gektar bo‘lib, undan ko‘klamzor hudud 7 ming gektarni tashkil qiladi. Daraxtlar umumiy soni 5 milliondan ko‘p.