Iqtisodiy protsessual kodeks loyihasi tayyorlandi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiy sudlovining asosiy maqsadi - iqtisodiy sohada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida O‘zbekiston Iqtisodiy protsessual kodeks loyihasi umumuy muhokamaga havola etilgan.

O‘zbekistonda qurol saqlash va olib yurishga ruxsat berilishi mumkin

Kodeks loyihasi O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan tayyorlangan. Kodeks loyihasida Xo‘jalik protsessual kodeks normalari asos qilib olingan.

Kodeks loyihasi 5 bo‘lim, 36 bob, 334 moddadan iborat.

Kodeks loyihasida iqtisodiy sudlovining asosiy maqsadlari, iqtisodiy sudlarga murojaat qilish, iqtisodiy sudlarining tarkibi va ularni shakllantirish tartibi, sudda ko‘rib chiqiladigan masalalar to‘g‘risidagi normalar keltirilgan.

Iqtisodiy sudlovining asosiy maqsadlari: tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarning iqtisodiy sohada qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy sohada qonunchilikni mustahkamlashga ko‘maklashish va qonunbuzilishlarni oldini olish.

Ushbu hujjat loyihasi 2017-yil 10-avgustga qadar muhokama qilinadi.

Iqtisodiy kodeksni 2018-yil 1-yanvarda kuchga kiritish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari tegishli iqtisodiy sudlar sifatida o‘zgartirilganligi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0