TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasi uchun alohida bino qurilayotganini ma’lum qildi.
Prezident Adiblar xiyoboni hududida Uyushma uchun alohida bino qurilayotgani, mamlakat mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida uni yozuvchilar ixtiyoriga topshirish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi.
Davlat rahbarining taklifiga asosan, yangi binoda “Ijod” jamoat fondi, Uyushma muassisligidagi “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka”, “Yoshlik” jurnallari tahririyatini joylashtirish ko‘zda tutilgan.