TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda prezidentning Facebookdagi sahifasida ma’lum qilinmoqda.
Uchrashuvda prezident “O‘zbekkonsert” qoshida “O‘zbekiston xalq artistlari” klubini tashkil etish taklifini bildirdi.
Ushbu klub a’zolari muntazam yig‘ilib, O‘zbekiston va jahon san’at olamida yuz berayotgan ijodiy jarayonlarni muhokama qiladi, yosh iste’dodlar tarbiyasi, madaniyatni ravnaq toptirish bo‘yicha yangi g‘oya, tashabbus va takliflar bildirib boradi.