Toshkent viloyatida Toshkent tumani tiklandi

© darakchi.uzXokimiyat Tashkentskoy oblasti
Xokimiyat Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish maqsadida prezident qarori imzolandi

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlari tashkil etildi. Bu haqda 2017-yil 20-iyulda prezident qarori tasdiqlandi.

Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning Toshkent viloyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qarori e’lon qilindi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi To‘ytepa shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shahar turkumiga kiritilib, ushbu shahar Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilandi.

Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritildi. Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlarini tashkil etildi.

Bundan tashqari, qaror bilan Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyo‘l, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumanining tuman prokuraturalari, ichki ishlar bo‘limlari, davlat soliq inspeksiyalari hamda yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining tumanda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga ko‘maklashish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishliligiga ko‘ra O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0