TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina chegarasi yaqinida joylashtirilgan qo‘shimcha harbiy kuchlar borasida izoh berdi.
Bundan oldin Ukraina Bosh shtabi chegara yaqinida Rossiya qo‘shimcha uchta moto-o‘qchi diviziyalar joylashtirigani va ushbu harbiy kuchlar "zarba beruvchi" kuchlar ekanini xabar qilgan edi.
"Rossiya o‘z hududida qo‘shnlar joylashish tartibini o‘z maqsadlariga muvofiq o‘zgartirish huquqiga ega", — deb izoh berdi Dmitriy Peskov ushbu xabarlarga.
Shuningdek, Rossiya prezidentining matbuot kotibi ushbu masala borasida aniq ma’lumot olish uchun Mudofaa vazirligiga murojaat qilishni maslahat berdi.