Mosulda Sputnik muxbiri o‘qqa tutildi (video)

Obuna bo‘lish
Shaharning bosh masjidini minalardan tozalash jarayonini suratga olayotgan muxbir va uni kuzatib borgan askar, M-16 avtomati bilan qurollangan fuqaro kiyimidagi odam tomonidan kutilmaganda o‘qqa tutilgan.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Suriyaning Mosul shahrida Sputnik muxbiri Sara Nuriddin ID jangarilari tomonidan o‘qqa tutildi.

Voqea Sputnik muxbiri Mosulning bosh masjidi An-Nuri hududini minalardan tozalash jarayonini suratga olayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Jangarilardan tozalangan deb hisoblangan hududa muxbir va uni kuzatib borgan askar kutilmaganda o‘qqa tutilgan. Ular yonib ketgan mashina ortiga yashiringan. Suriyalik askar og‘ir yaralangan. Sara telefon orqali yordam chaqirgan. Yetib kelgan aksilterror guruhi maktab tomi ustiga yashiringan snayperni aniqlashgan.

"Askarga oyog‘idan, yelkasidan beshta o‘q tegdi. Shuningdek u bir barmog‘ini yo‘qotdi. Men esa faqat bir-ikki joyim urilib lat yedi", — dedi muxbir keyinroq.  

Bo‘lib o‘tgan voqeaning videotasvirini e’tiboringizga havola etamiz.

Yangiliklar lentasi
0