Toshkentda yo‘qolib qolgan yetti yoshli bola qidirilmoqda

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskie militsioneri vozle doma
Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolani qidirib topish uchun barcha kuchlar jalb qilingan

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Toshkentda yo‘qolib qolgan yetti yoshli Murodjon to‘rt kundan buyon qidirilmoqda, deb xabar berdi NUZ.UZ.

Yakkasaroy tuman IIB qidiruv bo‘limidagilarning ma’lum qilishlaricha, 7-iyul kuni bola yo‘qolib qolganligi haqida ariza tushgan. Uning qayerda bo‘lishi mumkinligini hech kim bilmaydi. Bo‘lim boshlig‘i Doniyor Narzullayevning aytishicha, Murodjonning deyarli gapira olmasligi, yaxshi eshitmasligi va yaxshi ko‘rmasligi qidiruvni yanada murakkablashtirgan.

Spasatelnie raboti v gorax - Sputnik O‘zbekiston
Chimonda yo‘qolgan fuqaro vertolot yordamida qidirilmoqda

Taxminlarga ko‘ra, Murodjon erta tongda uydan deraza orqali chiqib ketgan. Ota-onasi uning uyda yo‘qligini ertalab soat 5da sezib qolishgan va shu zahoti uni qidirishga tushishgan hamda militsiyaga xabar berishgan.

"Bolani qidirib topish uchun barcha kuchlar jalb qilingan. Poytaxtdagi barcha tuman IIBlari, vaqtinchalik qabul maskanlari va kasalxonalarga ma’lumot tarqatilgan. Bugun bolaning suratini bir nechta kabelli televidenie stansiyalariga berdik. Statistika bo‘yicha yo‘qolgan bolalarni 1—2 sutka ichida topamiz. Lekin mazkur holatda gap o‘ziga xos bola haqida ketapti. Murodjonni sog‘-salomat topishga umid qilmoqdamiz ", — dedi Yakkasaroy tuman IIB qidiriuv bo‘limi boshlig‘i Doniyor Narzullayev.

Bolani huquq tartibot organlari va qarindoshlaridan tashqari poytaxt aholisi ham qidirmoqda.

© nuz.uzToshkentda 7 yoshli Murodjon qidirilmoqda
V Tashkente propal 7-letniy Murodjon - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 7 yoshli Murodjon qidirilmoqda

Murodjon haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan fotosuratdagi telefon raqamlariga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.

Yangiliklar lentasi
0