Tramp ilk bor barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp vstretilsya s liderami YeS v Brussele
Prezident SShA Donald Tramp vstretilsya s liderami YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vertolotga minayotgan tramp bosh kiyimini shamol uchirgan askarga yordam berishga harakat qildi.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp vertolotga minayotib, furajkasini shamol uchirgan askarga yordam berishga harakat qildi, deb xabar qilmoqda dunyo axborot agentliklari.

Internetda paydo bo‘lgan videolavhada Tramp vertolotgan yaqinlashib kelganda, zinapoya yonida turgan askarning bosh kiyimini shamol uchirib ketganini ko‘radi. Askar esa, qoidaga binoan joyidan jilishga haqli emas.

Prezident furajkani olib askarning boshiga kiydiradi va uni yelkasiga qoqib qo‘yadi, ammo vertolot vinti tufayli paydo bo‘layotgan kuchli shamol furajkani yana uchirib ketadi. Prezident erinmasdan yana bir bor furajkani olib,  uni kuzatib qo‘yayotgan harbiy kiyimli kishining qo‘liga tutqizadi va nihoyat vertolotga chiqadi.

Ushbu videolavha amerika nashrlarining barchasida tarqalib ketdi. Ko‘pchillik prezidentning, rasmiyatchilikdan xoli bo‘lgan, oddiy insoniy hatti-harakatini olqishladi. Bu borada hatto bir necha oydan beri Tramp bilan ziddiyatda bo‘lgan CNN tomonidan ham iliq fikrlar bildirildi.

Yangiliklar lentasi
0