TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Instagram-bloger Saykal Jumaliyeva o‘zining kulgili videosi bilan ijtimoiy tarmoqlarni zabt etmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Aytish joizki, Internet foydalanuvchilariga ushbu rolik juda manzur kelmoqda, yuzerlardan biri esa "Qalbingda ovulda o‘sayotgan qiz emas, Beyons bo‘lsa…" deb izoh qoldirgan.
"Video kutilmaganda suratga olindi. Biz o‘sha vaqtda yaylovda edik. Yozni qanday o‘tkazayotganimni qayd etish uchun rolik suratga olishga qaror qildik. Onamlarning xalatini kiyib, boshimga ro‘mol o‘rab oldim. Singlim operator vazifasini bajardi, ukalarim esa kadr ortida idishlarni olib berib turishdi",— dedi rolik qahramoni.
Video Norin viloyatining Arpa At-Bashin yaylovida suratga olingan.