Zulfiqor Musoqov yangi film uchun o‘zbek yigit va qizni izlamoqda

© Foto : Iz lichnogo arxiva Zulfikara MusakovaRejisser Zulfikar Musakov
Rejisser Zulfikar Musakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashhur rejisserning yangi kartinasi uchun 16-18 yoshli sharqona qiyofaga ega bo‘lgan ozg‘ingina o‘zbek qiz, ikkinchisi sharqona qiyofaga ega bo‘lgan 20-24 yoshli ozg‘in o‘zbek yigit kerak ekan.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik mashhur rejisser va ssenariy muallifi Zulfiqor Musoqov, o‘zining yangi filmi uchun bir yosh yigit va qiz izlamoqda, deb xabar qildi Nuz.uz nashri.

Ishchi nomi "Berlin-Oqqo‘rg‘on" bo‘lgan kartina "O‘zbekfilm" kinostudiyasida suratga olinadi. Unda O‘zbekistonning Ikkinchi Jahon urushiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qilib beriladi.

Yangi kartina uchun 16-18 yoshli sharqona qiyofaga ega bo‘lgan ozg‘ingina o‘zbek qiz, ikkinchisi sharqona qiyofaga ega bo‘lgan 20-24 yoshli ozg‘in o‘zbek yigit kerak ekan.

Filmda suratga tushishni istaganlar o‘z fotosuratlarini info@focusgroup.uz manziliga yuborishlari so‘ralgan. Fotosurat 2017-yilning aprel oyidan keyin suratga olingan bo‘lishi, unda yuz bo‘lajak film ishtirokchisining yuzi yaxshi ko‘rinib turishi kerak. Kosmetika va fotoshopda ishlangan fotosuratlar qabul qilinmaydi. Fotosurat bilan birga ismi sharifi, yoshi va aloqa qilish uchun telefon raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0