Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishSveti i pamatnie svechi
Sveti i pamatnie svechi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari Vladimir Putinga Tataristonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etdi

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Tataristondagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-sayti xabar berdi.

"Tataristonda yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lganligi va jarohat olganligi haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi”, deyiladi prezidentning hamdardlik maktubida.

Shavkat Mirziyoyev maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Samara — Ijevsk yo‘nalishi bo‘yicha kelayotgan "Neoplan" yo‘lovchi avtobusi MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisa Tatariston respublikasining Zainsk shahridan to‘qqiz kilometr narida yuz bergan. Ma’lumotlarga qaraganda, avtobusda 29 kishi bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida u ag‘darilib, yonib ketgan. Voqea joyida 14 kishi, jumladan, ikki nafar bola halok bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0