Navoiy nomli Milliy kutubxonaga yangi direktor tayinlandi

© SputnikNatsionalnaya biblioteka Uzbekistana. Tashkent
Natsionalnaya biblioteka Uzbekistana. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbari lavozimiga Alisher Abdushukurovich Abduazizov tayinlandi.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi qaroriga asosan Milliy kutubxonaga yangi direktor tayinlandi, deb xabar qlmoqda prezident matbuot xizmati.

“2017 yil 27-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 439-son qaroriga muvofiq Abduazizov Alisher Abdushukurovich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori etib tayinlandi”, — deyilgan xabarda.

Abduazizov ushbu kunga qadar Radioaloqa, radioefir va televidenie markazi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.Undan oldin esa Respublika axborot-kutubxona markazi va “Aloqaloyiha” kompaniyalarini boshqarib kelgan.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bugungi kunda 169 110 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Kutubxonaga yil boshidan buyon 65 384 kishi murojaat qilgan va  ularga  424 996 dona kitob berilgan. Iyun oyida jami – 701 ta yangi kitob, jurnal va boshqa nashrlar kelib tushgan.

Yangiliklar lentasi
0