Chimonda Fransiya elchixonasi xodimi halok bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishparaplanda uchish
paraplanda uchish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishiga ko‘ra, elchixona xodimi paraplanda parvoz qilish vaqti halokatga uchrashgan.

TOShKENT, 30 may — Sputnik. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimi Fransis Deleg o‘tgan shanba kuni Chimonda paraplanda uchish vaqti halokatga uchragan, deb xabar qilmoqda Fransiya elchixonasi matbuot xizmati.

Fransis Deleg elchixonada xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan. Shuningdek u Turmaniston va Tojikiston masalalari bilan ham shug‘ullangan.  

“Butun elchixona xodimlari uning oila a’zolariga va yaqinlariga shuningdek Fransiya Milliy politsiyasidagi uning sobiq hamkasblariga hamdardlik bildiradi”, — deyilgan elchixona xabarida.

Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, Fransis Deleg – professional paraplanchi bo‘lgan va oyiga ikki marotaba Chimon tog‘larida paraplanda uchib turgan.

Yangiliklar lentasi
0