Mirziyoyev BAA tashqi ishlar vazirini qabul qiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif dasturida O‘zbekiston TIVda muzokaralar o‘tkazish ham o‘rin olgan

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Birlashgan Arab Amirligi Tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon 24-may kuni Toshkentga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev BAA prezidentiga hamdardlik bildirdi

Tashrif dasturida O‘zbekiston TIVda muzokaralar o‘tkazish ko‘zda kutilgan. O‘zbekiston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu muzokaralarda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirligi o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Undan tashqari BAA tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2008-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirligiga O‘zbekistoni Birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan davlat tashrifi amalga oshirilgan edi. Mazkur tashrif davomida 28 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolangan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0