O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi Buxoro va Navoiyda qabul o‘tkazdi

© Sputnik Sur’at MaxsudovPriyem grajdan v Buxare
Priyem grajdan v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunga kelib Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida istiqomat qiluvchi aholidan jami 64 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan

TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi a’zolari Buxoro va Navoiy viloyatlari aholisi bilan ochiq muloqot tarzida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi "Xalq bilan muloqot" guruhi xabar bermoqda.

Unda vazirliklar, shahar va tuman hokimliklari, prokuratura, ichki ishlar, sud organlari rahbarlari hamda boshqa tegishli boshqarma va tashkilotlardan 200 ga yaqin mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbirlarda ta’kidlanganidek, bugungi kunga kelib Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida istiqomat qiluvchi aholidan jami 64 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Xususan, Buxoro viloyatidan — 35 ming, Navoiy viloyatidan esa — 29 ming.

Mazkur viloyatlardan kelgan murojaatlarning asosiy qismi uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish (14,4%), mehnat va bandlik (10,4%), moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish (8,3%), sud qarorlarining ijro etilishi (5,3%), bank-moliya va soliqqa tortish (5,9%), sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi (7,5%), ta’lim sohasiga oid (3,2%), elektr ta’minoti masalasi, jumladan elektr energiyasini o‘chirilishi va asossiz qarzdorlik hisoblanishi (1,8%) kabi sohalarga oiddir.

© Sputnik Sur’at MaxsudovBuxoro va Navoiy viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi
Priyem grajdan v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro va Navoiy viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi

Shu bilan birga, mazkur viloyat hokimliklari mansabdor shaxslari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan yuborilgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik va muallifga javob bermaslik, sifatsiz o‘rganish kabi holatlarga tizimli ravishda yo‘l qo‘yib kelish amaliyoti davom etayotganligini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, viloyat hokimliklarida murojaatlar bilan ishlash tizimini to‘g‘ri tashkil etmaslik, murojaatlarni taqsimlash va nazorat qilish ishlariga malakali kadrlarni jalb etmaslik hamda tahlil ishlarini yo‘lga qo‘yilmaslik oqibatida Buxoro viloyatida jami 1000 ga yaqin, Navoiy viloyatida 300dan ziyod muddati o‘tgan murojaat mavjud.

© Sputnik Sur’at MaxsudovBuxoro va Navoiy viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi
Priyem grajdan v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro va Navoiy viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi

Sayyor qabullar davomida Buxoro hamda Navoiy viloyatlari aholisining 900dan ziyod murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, 75%ga yaqini ijobiy hal etildi. Misol tarzida 67 ta ijro hujjatlari yuzasidan 209,5 mln. so‘mlik jumladan, 52,1 mln. so‘mlik aliment undirish haqidagi sud qarorlari ijro etilishini, sog‘liqni saqlash sohasida 115 ta murojaatning ijobiy hal etilishini, xususan, 10 ta nogironlik aravachasi berilishini, 62 ta davolanish uchun orderlar ajratilishini, 17 ta holatda nogironlik belgilanishini, 12 nafar fuqarolarga avtomobillar yetkazib berilishini hamda 32 ta avtomobillar uchun shartnomalar tuzilishini ta’kidlash lozim.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0