TOShKENT, 20-may — Sputnik. Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy 57% ovoz to‘plab ikkinchi muddatga qayta saylandi, deb ma’lum qildi Eron IIV rahbari Abdulrezo Rahmoniy Fazliy barcha ovozlar hisoblab bo‘linganidan so‘ng. RIA Novosti xabari asosida.
"Sizlarga taqdim etiladigan ma’lumotlarni yakuniy deb atash mumkin: ovozlar soni 41 220 131, Ruhoniy 23 549 616 yoki 57% ovoz olgan va Eronning aziz xalqi tomonidan mamlakat prezidenti saylandi", — dedi Fazliy.
Ruhoniydan tashqari, prezidentlik lavozimiga yana uch kishi da’vogarlik qilgandi. Uning asosiy raqibi oyatullo Ibrohiy Raisiy 38% (15,7 million ovoz) olgan.
Sobiq vitse-prezident Mustafo Hoshimiy-Taba uchun 400 ming, konservatorlar nomzodi Mustafo Og‘a-Mirsalim uchun 215 ming saylovchi ovoz bergan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.