O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga yangi modda kiritilmoqda

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘ta og‘ir holatlar ro‘yxati belgilanib, o‘zini o‘zi o‘ldirishgacha yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda

TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga yangi modda kiritilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabar qildi.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi tubdan isloh qilinadi

Xabarda aytilishicha, deputatlar Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga, Budjet kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar. Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan.

Chunonchi, o‘ta og‘ir holatlar ro‘yxati belgilanib, o‘zini o‘zi o‘ldirishgacha yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksiga o‘zini o‘zi o‘ldirishga, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek butunjahon Internet axborot tarmog‘idan foydalangan holda o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash uchun javobgarlikni belgilovchi 1031-modda kiritilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0