Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirining yangi o‘rinbosarini tayinladi

© PixabayImzo
Imzo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydarov Ahadbek Yahobekovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rinbosari etib tayinlandi

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Tegishli qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan.

Kadrovaya politika Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Kim, qayerda, qayerga: O‘zbekistondagi kadrlar tizimidagi o‘zgarishlar
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Haydarov Ahadbek Yahobekovich O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi", — deyilgan xabar matnida.

Haydarov ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi, boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini boshqarish masalalari kompleksiga rahbarlik qiladi.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Ahadbek Haydarov "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv Raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0