TOShKENT, 14-maya — Sputnik. Agentlikning Facebookdagi sahifasida xabar berilishiga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya orasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, “Mosgortrans” avtobuslarida ishlash uchun 1 ming nafar o‘zbekistonlik avtobus haydovchilari tanlab olinadi.
“Nomzodlar “D” haydovchilik kategoriyasiga ega bo‘lishi, rus tilini yaxshi bilishi, sinchikov bo‘lishi hamda korxona mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi kerak”, — deyilgan xabarda.
Shartnomada 3 oylik sinov muddati ko‘zda tutilgan. Haydovchilar maoshi 43 mingdan 60 ming rublgacha belgilangan. Haydovchiga qo‘yilayotgan talablardan yana biri, uning aholi zich yashaydigan hududlardagi ish tajribasi 1-yildan ko‘p bo‘lishi kerak.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu vakansiya bilan qiziqqan nomzodlarni agentlikning mahalliy bo‘limlariga yoki quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishni so‘raydi: 8(371) 214-51-87 va 8(371) 214-47-29.