Nukus aeroporti xalqaro parvozlar uchun vaqtincha yopildi

© psdtour.ruAeroport Nukusa
Aeroport Nukusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Havo yo‘llari Nukusdagi aerovokzal majmuasini ta’mirlash munosabati bilan, Nukus xalqaro aeroportiga xalqaro parvozlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi.

TOShKENT, 2-may — Sputnik. “O‘zbekiston Havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Nukus” aeroportiga xalqaro parvozlarni qabul  qilish  1 maydan boshlab to‘xtatilganini xabar qildi.

Ushbu chora aerovokzal majmuasini ta’mirlash maqsadida amalga oshirilgan.  

Ushbu munosabat bilan,  O‘zbekiston Havo yo‘llarining HY 626 soni “Nukus – Moskva – Nukus” yo‘nalishidagi parvozi Urganch aeroportiga ko‘chiriladi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:  

HY-625 Urganch – Moskva, 10:35 – 12:25.

HY-626 Moskva – Urganch, 13:35 – 19:25.

Xabarda shuningdek, Milliy aviakompaniya ushbu noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rashi aytilgan.

“O‘zbekiston Havo yo‘llari” – O‘zbekistondagi yagona aviakompaniya bo‘lib, respublika hududidagi barcha fuqaro aviatsiyasi samolyotlari va aeroportlar Milliy aviakompaniya tizimiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0