Toshkent davlat yuridik universiteti rektori adliya vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

© mejdunarodniy press-klubPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kanyazov 2013-yilning iyulida yuridik universitetiga rahbarlik qilish uchun vazir o‘rinbosari lavozimini tark etgandi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov adliya vaziri o‘rinbosarligiga tayinlandi. Bu haqdagi farmon O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. U shu bilan birga hozirgi ish faoliyatini ham davom ettiradi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Yesemurat Kanyazov 2013-yilning iyulida yuridik universitetiga rahbarlik qilish uchun vazir o‘rinbosari lavozimini tark etgandi.

U Qoraqalpog‘istondan bo‘lib, 1993-yilda Moskva davlat avtomobil yo‘llari institutini, 1999-yilda esa — Qoraqalpoq davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

1996-1999 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida maslahatchi, katta maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan bo‘lsa, 1999-2001 yillarda — O‘zbekiston Adliya vazirligida yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarini egallagan.

2001-2005 yillarda Adliya vazirligining iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2005-2011 yillarda — vazir o‘rinbosari, 2011-yilning iyunidan esa — O‘zbekiston Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0