Qarshilik befoyda: Kaliningraddagi jangarilarning qo‘lga olinishi lavhasi

Obuna bo‘lish
FXX maxsus bo‘linmasi "Islom jihodi - jamoat mujohid" terrorchilik tashkilotining 12 nafar a’zosini qo‘lga oldi

Ular Markaziy osiyolik bo‘lib, odamlarni terrorchilik tashkilotiga yollashga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Shuningdek, maxsus xizmatlar terrorchilik yacheykasi rahbarini aniqlagan. U O‘zbekistonda ekstremistik jinoyat uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs bo‘lib chiqqan. Huquq tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan yacheyka rahbari Kaliningrad viloyatida istiqomat qiluvchilarni yollash bilan shug‘ullangan, ular orasida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ham bo‘lgan. Qo‘lga olingan shaxslar "Islom jihodi — jamoat mujohid" guruhi manfaatlari yo‘lida faoliyatni olib borishgan.

Guruh rahbari 32 yoshda bo‘lib, uning ismi hozircha oshkor qilinmayapti. U Kaliningradda to‘rt yildan buyon yashab kelgan. Qo‘lga olinganlar yollanma ishchi sifatida ishlashgan, xususan, xonadonlarni ta’mirlashgan.

Yangiliklar lentasi
0