Toshkent ko‘chalari bo‘ylab urush davri mashinalari kolonnasi o‘tdi

© Sputnik / StringerGAZ-MM (polutorka) na vistavke retro-avtomobiley v "Uzekspotsentre"
GAZ-MM (polutorka) na vistavke retro-avtomobiley v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligining mazkur aksiyasi o‘zbekistonliklar tomonidan iliq qarshi olindi

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Bugun Toshkentda 9-May kuniga bag‘ishlangan o‘ziga xos voqea bo‘ldi — poytaxt ko‘chalari bo‘ylab Ikkinchi jahon urushi davridagi yuk mashinalaridan iborat kolonna o‘tdi. Ularda sovet armiyasi liboslarini kiyib olgan askarlar O‘zbekiston bayroqlarini hilpiratib o‘tirishardi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bu haqdagi xabar darhol ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbek guruhlari orasida tarqaldi.

© FacebookToshkent ko‘chalari bo‘ylab urush davri mashinalari kolonnasi o‘tdi
Po Tashkentu proyexala kolonna gruzovikov voyennogo vremeni - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ko‘chalari bo‘ylab urush davri mashinalari kolonnasi o‘tdi

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, avtokolonna bugun soat 10 yarimda Janubiy vokzal yaqinidagi Gavhar ko‘chasidan yo‘lga chiqqan. Mashinalar Usmon Nosir, Sh.Rustaveli ko‘chalari bo‘ylab Yunusobod tumani orqali Zangiota tumanidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga yo‘l olgan. Bu yerda 9-May — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining mazkur aksiyasi o‘zbekistonliklar tomonidan iliq qarshi olindi, ayrim haydovchilar ham kolonna Toshkentdaligida unga hamrohlik qilishdi.

© FacebookToshkent ko‘chalari bo‘ylab urush davri mashinalari kolonnasi o‘tdi
Po Tashkentu proyexala kolonna gruzovikov voyennogo vremeni - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ko‘chalari bo‘ylab urush davri mashinalari kolonnasi o‘tdi

"Va nihoyat o‘zbekistonliklarning ham urushda qatnashishgani haqida eslashdi. Evakuatsiya qilingan odamlarni qanday kutib olishgandi. O‘zbeklar turli millat farzandlarini qanday asrab olishgandi. Eng so‘nggi nonini ham baham ko‘rishgan. Ha, hozir ham shunday. Mana shuning uchun ham o‘zbeklarimizni yaxshi ko‘raman va hech qayerga ketmay shu yerda yashayman", — deb yozadi aksiyaga guvoh bo‘lganlardan biri.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar esa vazirlik ushbu aksiya o‘tkazilishi haqida ommani xabardor qilmaganidan va ayni ish vaqtiga to‘g‘ri kelgani bois kam odam kuzatganidan afsuslanishgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0