TOShKENT, 20 Sputnik. Buzilayotgan garajlar ostidan 38 million AQSh dollari topilgani haqidagi xabarni Uzbek MDK guruhi internet foydalanuvchilari o‘rtasida tarqatdi, deb xabar qildi dia.uz.
"Aholi hayratda. Feysbuk tarmog‘ida ko‘pincha oldi qochdi ma’lumotlar tarqatib kelgan va yaqindagina mahalliychiligi uchun keskin tanqidga uchragan Uzbek MDK guruhi o‘z sahifasida buzilayotgan garajlar ostida 38 mln AQSh dollari topilganini ma’lum qilib uch dona surat joylagan", — deb yozadi nashr.
"Hozirda Toshkentda garajlar buzilishi boshlangani sababli ko‘pchilik bu ma’lumotni aynan Toshkent hududida deb adashmoqda.
Aslida suratlarda Lotin Amerikasidagi davlat — Ekvadorning Guyaakil shahrida ro‘y bergan voqealar aks ettirilgan.
Guruh tomonidan shahar nomi ko‘rsatilgan bo‘lsada, ko‘pchilik uni Toshkentda bo‘lganlikda tahmin qilib adashmoqda", — deya qo‘shimcha qiladi nashr.