Qo‘lga olingan fuqarolarning onasi Vazira Mirzaxmedova, Qirg‘izistonning Jalolobod tumanida yashab kelmoqda. Xabarda aytilishiga ko‘ra, Mirziaxmedova besh bolani o‘zi yolg‘iz katta qilgan. Ona o‘z farzandlarining terrorchi ekanligiga ishonmasligini xabar qildi.
Mahalliy nashrlar Azimovlarning qo‘shnilari bilan muloqotda bo‘lib niqlashiga ko‘ra, ushbu oila alohida dindorligi bilan ajralib turmagan. Masjidga faqat juma namozi o‘qishga borgan, oila a’zolari bir biriga yao‘shi munosabatda bo‘lishgan.
Abror va Akram Azimovlar 2014-yillarda Rossiya fuqaroligini olishgan. RIA Novosti aniqlashiga ko‘ra, fuqarolik olish vaqtida hech qanday qonunbuzarlikka yo‘l quyilmagan. Rossiyaning Qirg‘izistondagi konsulligi xabariga ko‘ra, o‘sha vaqtda ularga Rossiya fuqaroligini bermaslik uchun hech qanday asos bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg metrosida 3-aprel kuni terrorchilik uyushtirgan Akbarjon Jalilov fojea oldidan Abror Azimov va yana bir necha kishiga qo‘ng‘iroq qilgan. Rossiya FXXsi ushbu qo‘ng‘iroqlarni orqali 18-aprel kuni Moskva viloyatining Odinsovo tumanida yashovchi Abror Azimovni qo‘lga olgan. Undan ikki kun o‘tib esa uning akasi Abror Azimovni hibsga olgan.
Qirg‘iziston OAVlari xabariga ko‘ra, Abror Azimov hibsga olingan vaqtda Akram Azimov Qirg‘izistonda kasalxonada bo‘lgan. Abror Azimov hibsga olinganidan keyin Qirg‘iiston Davlat xavfsizlik qo‘mitasi kasalxonaga kelib Abror Azimovni olib ketgan. Undan bir ko‘n o‘tib esa, Abror Azimov Moskvada FSB tomonidan, cho‘ntagida granata bilan hibsga olingan.
Rossiya FXX rahbari Aleksandr Bortnikov xabariga ko‘ra, ayni damda Sankt-Peterburg metrosidagi terakt buyurtmachisi kimligi aniqlangan. Maxsus xizmati rahbari jurnalistlarga ushbu shaxs haqida boshqa ma’lumot xabar qilmadi.
Bizning o‘zbekcha Telegram kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.