Mixail Gorbachov Putin haqida ocherk yozdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachev
SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq Ittifoqning sobiq prezidenti o‘z ocherkida Rossiya prezidentining roli va mas’uliyatini nimalar belgilashi kerakligi haqida to‘xtalgan

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Time jurnali tahririyati dunyoning eng obro‘li 100 odami ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga kiritilgan siyosatchilar haqida ocherklar turli mualliflar tomonidan yozilgan. Eng obro‘li yuzlikdan o‘rin olgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida ocherkni sobiq Ittifoqning sobiq prezidenti Mixail Gorbachov yozgan, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin koinotning eng hurmatga sazovor kishilari o‘nligidan joy oldi
Xabarda ta’kidlanishicha, jurnal 100 obro‘li odamlarni — "Titanlar", "Novatorlar", "San’atkorlar", "Yetakchilar" va "Kumirlar" toifalari bo‘yicha ajratgan. Putin "Yetakchilar" ro‘yxatidan joy olgan.

"Yetakchilar" qatoridan, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, Filippin rahbari Rodrigo Duterte, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuyel Santos, Wikileaks portali asoschisi Julian Assanj, XXR raisi Si Szinpin, Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geytsning rafiqasi Melinda, Rim papasi Fransisk, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, eronlik general Kosim Sulaymoniy, Oq uy devoni rahbari Rayns Pribus, AQSh prezidentining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Stiven Bennon va boshqa siyosatchilar o‘rin olgan. 

Gorbachov Putin haqida yozgan ocherkida quyidagi fikrlarni keltirib o‘tgan:

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin vaziyatni barqarorlashtirish, Rossiya davlatchiligini saqlab qolish va uning iqtisodiy pozitsiyasini kuchaytirishda muvaffaqiyat qozondi. Men Rossiya faqat demokratiya yo‘li bilan zafar quchishiga ishonaman. Rossiya siyosiy raqobat, haqiqiy ko‘ppartiyaviylik, adolatli saylovlar va hukumatning muntazam almashib turishiga tayyor. Prezident roli va mas’uliyatini mana shular belgilashi lozim".

Yangiliklar lentasi
0