Bir qator mahsulotlar uchun aksiz solig‘i bekor qilindi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishForum-vistavka "Goszakaz - Za chestnie zakupki"
Forum-vistavka Goszakaz - Za chestnie zakupki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga olib kelinayotgan Makaron, polietilen va po‘lat prokati mahulotlari uchun aksiz soliqlari bekor qilindi. Shuningdek tijorat avtomobillari, bug‘doy uni, kungaboqar moyi va boshqa mahsulotlar uchun aksiz soliqlari kamaytirildi.

TOShKENT, 13 apr – Sputnik. O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab bir qator mahsulotlar uchun import aksiz soliqlari bekor qilindi yoki kamaytirildi.

Lex.uz saytida e’lon qilingan PQ-2862-sonli Prezident qaroriga muvofiq «makaron mahsulotlari» (TN VED 1902), qator polietilen mahsulotlar (3901 10 900 0), YoQT (4410) va po‘lat prokati listlarini (7208 27 000 0, 7208 39 000 0) O‘zbekistonga olib kiriluvchi aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqardi. 

Tijorat avtomobillari (8704 31 910 transport vositasining to‘liq vazni 5 tonnadan oshmaydigan) uchun soliqlarni bojxona qiymatining 70 foizidan 30 foizigacha qisqartirdi. 

Bug‘doy uni (1101) uchun stavka 11 foizdan 5 fozgacha, Kungaboqar moyi (1512 11) uchun aralash stavka 10 foiz yoki litriga 0,16 dollardan kam emas (bundan avval, 20 foiz yoki litriga 0,32 dollardan kam emas), konservalangan sabzavot mahsulotlari (2005) —10 foiz (50 foiz), sabzavot va meva sharbatlari —30 foiz yoki litriga 0,5 dollardan kam emas (70 foiz yoki litriga 1 dollardan kam emas), ta’m beruvchi qo‘shimchalar (2103, ketchup va mayonezdan tashqari) uchun aksiz stavkalari — 25 foiz (70 foiz)gacha pasaytirilgan.

Yangiliklar lentasi
0